O'zbekiston

Surxondaryoda Prezident bilan uchrashgan o‘quvchiga universitet granti ajratildi

Surxondaryoga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘ondagi 66-maktabda bo‘lib, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Surxondaryoda Prezident bilan uchrashgan o‘quvchiga universitet granti ajratildi

 

Surxondaryoga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan 66-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘ldi. Tashrif doirasida davlat rahbari pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, taʼlim sifati, yaratilayotgan sharoitlar va yoshlarning kelajak rejalari bilan qiziqdi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 

Uchrashuv davomida Prezident iqtidorli o‘quvchi Feruza Jumagulova bilan suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida o‘quvchi kelgusida Termiz davlat universitetida tahsil olish orzusini bildirgan. Davlat rahbari tashabbusi bilan Feruza Jumagulova 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab grant asosida mazkur oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinishi belgilandi.

 

Mazkur qaror yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda sifatli taʼlim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi izchil siyosatning amaliy ifodasidir.

 

Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Sirojev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda viloyat mutasaddilari, maktab jamoasi va o‘quvchining oila aʼzolari ishtirok etdi.

 

Tadbir yakunida Feruza Jumagulovaga grant asosida o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risidagi sertifikat tantanali ravishda topshirildi hamda unga kelgusidagi taʼlim yo‘lida muvaffaqiyatlar tilandi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi yoshlar bilan uchrashuvida qo‘shiq kuylagan xorazmlik o‘quvchiga mashina sovg‘a qilgan edi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.