O'zbekiston

Kim Eron, kimlar AQSH-Isroil tomonda?

AQSh va Isroilning Eronga qilgan hujumi hali ham davom etmoqda. Urush yangi bosqichga kirdi.

Kim Eron, kimlar AQSH-Isroil tomonda?

Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat o‘ta qaltis pallaga kirdi. Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari Eronning mintaqadagi agressiv harakatlariga javoban misli ko‘rilmagan darajadagi qat’iy qo‘shma bayonot bilan chiqdi. GFR hukumati tomonidan e’lon qilingan ushbu hujjatda Tehronning “mulohazasiz hujumlari” keskin qoralanib, “Yevrouchlik” o‘z manfaatlari va ittifoqchilarini himoya qilish yo‘lida bevosita harbiy choralar ko‘rishga tayyorligini ma’lum qildi.

 

Yevropaning yetakchi davlatlari Tehrondan harbiy provokatsiyalarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilmoqda. Aks holda, G‘arb koalitsiyasi Eronning raketa va dron uchirish infratuzilmalarini bevosita manbaning o‘zida yo‘q qilishga qaratilgan mutanosib harbiy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Mazkur qadamlar Vashington va mintaqadagi strategik hamkorlar bilan to‘liq muvofiqlashtirilgan holda rejalashtirilmoqda. Ayniqsa, Eronning Isroil va AQSh amaliyotlariga aloqasi bo‘lmagan obyektlarga zarba berishi Yevropa diplomatik korpusida jiddiy e’tiroz va “hayrat” uyg‘otgan.

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer AQShga Eron raketa obyektlari saqlanayotgan manbaaga zarba berish uchun Britaniyaning harbiy obyektlariga zarba berishga ruxsat berdi.  Tasdiqlangamaga xabarlarga ko‘ra, Britaniya Fors ko‘rfazi Eron raketa hujumlariga qarshi mudofaa operatsiyalarida qatnashgan, biroq, AQSH-Isroilninbg Eronga qilgan qarshi hujumida ishtirok etmagan.

 

Xabarlarga ko‘ra, shanba kuni Buyuk Britaniya Iroqda o‘z harbiy xizmatchilari joylashgan bazaga yo‘naltirilgan raketani urib tushirgan.

 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Abu Dabidagi harbiy-dengiz bazasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Mudofaa kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi. Parij ushbu voqelikni javobsiz qoldirmasligini va mintaqadagi jangovar shaylik eng yuqori darajaga ko‘tarilishini ta’kidladi.

 

Vaziyatning jiddiyligini amalda isbotlash maqsadida, yaqinda “Orion” o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashgan Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasi va uning zarbdor guruhi Eron yo‘nalishi bo‘ylab safarbar etildi. Bu harakat Yevropaning nafaqat diplomatik, balki real harbiy bosim o‘tkazish niyatida ekanligidan dalolat beradi.

 

Xitoy tashqi ishlar vaziuri Van I AQSh va Isroilning Eronga uyushtirgan  hujumlarini qabul qilib bo‘lmaydigan holaty deb atadi. Tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to’xtatish hamda mintaqaviy keng ko’lamli muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. 

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Van I va Lavrov “Tehron muloqotga ochiq ekaniga qaramay amalga oshirilgan” zarbalarni qoralagan.

 

Vazirlar hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirib, “Eron masalasi bo‘yicha barcha savollarni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligini, jumladan Fors ko‘rfazi davlatlarining qonuniy xavfsizlik manfaatlarini ta’minlash lozimligini” ta’kidlashdi.

 

Livandagi Hizbulloh harakati Yaqin Sharq mintaqadagi ro’y berayotgan voqealarga qo’shildi. Guruh Isroilga qarshi hujumga o’tdi. Bu harakatni Eron oliy rahbarining o‘ldirilishiga javob sifatida izohladi.

 

Isroil harbiylari bunga tezkor javob qaytarib, mamlakat bo‘ylab, jumladan Bayrutning janubiy chekkalarida joylashgan “Hizbollah” nishonlariga zarbalar bermoqda.

 

Livan hududidan uchirilgan snaryadlar natijasida Isroil shimolidagi bir nechta hududlarda havo hujumi sirenalari yangradi. Bu AQSh va Isroilning Eronga zarbalari boshlanganidan beri Livan hududidan amalga oshirilgan ilk hujum bo‘ldi.

 

Shimoliy Koreya prezidenti  Kim Chen In agar Eron xohlasa, KXDR Isroilga qarshi raketalar berishini va shunday raketalardan bittasi butun Isroilni yo‘q qilishi mumkinliogini baytdi.

 

AQSHning Eronga hujum qilishiga Isroil va Saudiya Arabistonining bir necha hafta davom etgan lobbichilik harakatlari turtki boʻldi. Bu haqda toʻrt manbaga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon omma oldida diplomatik yechimni qo‘llab-quvvatlashini bildirganiga qaramay, so‘nggi bir oy ichida Trampga bir necha bor shaxsiy qo‘ng‘iroq qilib, AQSHni Eronga zarba berishga undagan.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa o‘z mamlakati uchun “mavjudlikka tahdid” deb hisoblaydigan Eronga qarshi AQSH zarbalari berilishini uzoq vaqtdan beri ochiq targ‘ib qilib kelgan.

 

Birlashgan sa’y-harakatlar Trampga Eron rahbariyati va harbiylariga qarshi keng ko‘lamli havo operatsiyasini boshlashga yordam bergan. Operatsiyaning ilk soatlaridayoq Xomanaiy va yana bir necha yuqori martabali eronlik amaldor halok bo‘lgan.

 

Hujum AQSH razvedkasining Eron kuchlari yaqin o‘n yil ichida AQSHga bevosita tahdid solishi dargumon degan taxminlariga qaramay amalga oshirildi.

 

Saudiyaning hujumga chorlashi Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner Eron yetakchilari bilan yadro hamda raketa dasturlari bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

 

 

Muzokaralar davomida Saudiya valiahd shahzodasi va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqot qilgan. Shundan soʻng Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistoni oʻzining havo hududidan Eronga hujum qilishda foydalanishga yo‘l qo‘ymasligi haqida bayonot berrgan.

 

Axios nashrining yozishgicha, AQSh Eronga hujum qilishni bir hafta oldin rejalashtirgan.

 

Portal ma'lumotlariga ko'ra, kechikish harbiy aviatsiya operatsiyalari uchun yomon ob-havo sharoiti, shuningdek, AQSh va Isroil qurolli kuchlari o'rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurati bilan bog'liq bo’lgan.

 

Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga hujum qilishi ayni daqiqlarda ham davom etmoqda.

 

Saudiya Arabistoni shanba kuni Eronning Fors ko'rfazidagi AQSh harbiy bazalariga raketa hujumlarini qattiq qoraladi va Yaqin Sharqda ochiq mojaro boshlangan bir paytda birodar davlatlarni himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

 

Saudiya Arabistoni oʻz bayonotida Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Quvayt va Iordaniyaning “Eronning ochiqdan-ochiq tajovuzi va suverenitetini qoʻpol ravishda buzish” deb atagan ishlarni qattiq qoralashini ma’lum qilgan.

 

Saudiya Arabistoni, shuningdek, milliy suverenitetning doimiy ravishda buzilishi va xalqaro huquqning buzilishidan kelib chiqadigan jiddiy oqibatlar haqida ogohlantirdi.

 

Keyinchalik qirollik Ar-Riyodning oʻz hududlari va sharqdagi hujumlarni qoraladi va ularning qaytarilganini qoʻshimcha qildi.

 

Tarqalgan xabarlarga o‘ra, Saudiya Arabistoni ham Eronga qarshi hujumga qo’shililishini ma’lum qildi.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp “Daily Mail” nashrga bergn itervyusida Eron hududida olib borayotgan harbiy operatsiyasini to‘rt hafta yoki undan kam davom etishi mumkin.

 

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy Islom Respublikasi AQSH bilan hech qanday muzokara olib bormasligini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp xayoliy ambitsiyalar” ortidan “mintaqani tartibsizlikka giriftor qildigan, endi esa amerikalik harbiylar orasida qo‘shimcha yo‘qotishlar bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

 

Larijoniy ta’kidlashicha, Tramp o‘zining “adashgan xatti-harakati” bilan “Amerika birinchi o‘rinda” shiorini “Isroil birinchi o‘rinda”ga aylantirdi va “Isroilning hokimiyatga intilishi yo‘lida amerikalik askarlarni qurbon qildi”.

 

“Bugun Eron xalqi o‘zini himoya qilmoqda. Eron Qurolli kuchlari agressiyani boshlagani yo‘q”, - dedi Larijoniy.

 

 

custom img

Qashqadaryoda media haftalik yakunlandi: yangi yondashuvlar shakllandi

Loyihaning navbatdagi bosqichi 27-aprel – 1-may kunlari Samarqandda davom etadi.

custom img

Samarqandda voyaga yetmagan ikki qizga nisbatan zo‘ravonlik sodir etildi

Vasiy ayol bolalarning xorijda bo‘lib turgan onasidan pul undirish maqsadida ularga bosim o‘tkazib, zo‘ravonlik holatini videoga olgan.

custom img

Namanganda Lacetti soyga tushib ketdi

Hodisa joyida qutqaruvchilar va ko‘ngillilar ikki nafar fuqaroni mashinadan olib chiqqan.

custom img

Oʻzbekistonda hayvonlar kasalliklari bo‘yicha yangi karantin qoidalari tasdiqlandi

Endilikda chorvachilikda kasallik tarqalishiga qarab karantin hududlari belgilanadi.

custom img

Oroldan qolgan cho‘l turistlarni qiziqtirmoqda

Nukusda Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda ma’lum qilinishicha, ayni paytda mamlakatda 22 ta UNESCSO ro‘yxatiga kirgan tarixiy inshoot va qadamjolar bor. Xorijliklar tarixiy maskanlar qatorida Orol dengiziga ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

custom img

Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Ular issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari orqali xaridorga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

custom img

Namanganda 85 mlrd so‘mlik aylanmaga ega noqonuniy qimor tarmog‘i fosh etildi

Gumonlanuvchilardan qiymati 400 million so‘mga yaqin pul mablag‘i, plastik kartalar, mobil telefonlar, kompyuter texnikalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari  yangi dizayn-kod “savodsizlarcha” qilinganini aytib, peshlavhalarni majburiy demontaj qilish chog‘ida elektr energiyasini o‘chirish bilan tahdid qilinayotganidan shikoyat qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"