O'zbekiston

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Favqulodda vaziyatlar vaziri FVV inspektorini tadbirkordan pora olmagani uchun pul mukofoti bilan taqdirladi.

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Zamon.uz ga ma’lum qilishicha, poytaxtda faoliyat yurituvchi tadbirkor o‘zi rahbarlik qiladigan MCHJ tomonidan Yakkasaroy tumanida barpo etilgan, lekin, bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qilinishi bo‘yicha “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etadigan arizasini ijobiy hal qilib berishi evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif etgan.

 

Xodim holat bo‘yicha mas’ullarni xabardor qilgan va o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari poytaxt FVBB xodimiga ushbu pul mablag‘ini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, general-mayor Azizbek Ikromov tadbirkordan pora olmagani uchun FVV inspektorini pul mukofoti bilan taqdirladi.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.