Jahon

Eronda Mojtaba Xomanaiy yangi Oliy rahbar etib saylandi

Ekspertlar kengashi qaroriga ko‘ra, u mamlakatning uchinchi Oliy rahbari sifatida rasman tasdiqlandi.

Eronda Mojtaba Xomanaiy yangi Oliy rahbar etib saylandi

Eronda mamlakatning yangi Oliy rahbarini saylash jarayoni yakunlandi. Ekspertlar Kengashi qaroriga ko‘ra, marhum rahbarning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy mamlakatning yangi Oliy rahbari etib saylandi.

Bu haqda Reuters agentligi Ekspertlar kengashi bayonotiga tayanib xabar berdi.

 

Bayonotda aytilishicha, oyatulloh Seyid Mojtaba Husayniy Xomanaiy Islom Respublikasining uchinchi Oliy rahbari sifatida rasman tasdiqlangan.

 

56 yoshli ruhoniy va siyosiy arbob uzoq yillardan beri Eron siyosiy tizimida muhim shaxs sifatida tanilib kelgan. U, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan yaqin aloqalari bilan ham tilga olinadi. Eron siyosiy tizimiga ko‘ra, Oliy rahbar davlatdagi eng yuqori lavozim hisoblanadi va u tashqi siyosat, harbiy strategiya hamda mamlakatning asosiy siyosiy qarorlarida yakuniy so‘zga ega.

 

Nashrlarning yozishicha, yangi rahbarning saylanishi Donald Tramp tomonidan bildirilgan bayonotlar fonida amalga oshirilgan. AQSh prezidenti avvalroq Vashington Eronning yangi rahbarini tanlash jarayonida mamlakat siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishga qaratilgan ta’sir o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan edi.

 

Shuningdek, Isroil rasmiylari ham Eronning yangi rahbari avvalgi qat’iy siyosatni davom ettirsa, u hujumlar uchun qonuniy nishon bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

 

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"