Jahon

Janubiy Koreyadagi zavodda baxtsiz hodisa sabab O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Ishchini yuk ko‘taruvchi texnika urib yuborgani ma’lum qilindi.

Janubiy Koreyadagi zavodda baxtsiz hodisa sabab O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Seosan shahrida joylashgan metallurgiya zavodlaridan birida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

 

Bu haqda Yonhap News Agency mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 8-mart kuni kechqurun yuz bergan. Zavod hududida ishlayotgan ishchini yuk ko‘taruvchi texnika (forklift) urib yuborgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilganiga qaramay vafot etgan.

 

Hozirda politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, forklift haydovchisi korxona hududida harakatlanayotgan paytda ishchini payqamay qolgan bo‘lishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, mazkur po‘lat zavodida besh nafardan ortiq ishchi faoliyat yuritadi. Shu sababli hodisa Janubiy Koreyaning Jiddiy sanoat baxtsiz hodisalari to‘g‘risidagi qonuni doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

 

Mazkur qonun asosida korxonada mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilgan-etilmagani hamda korxona rahbariyatining javobgarligi yuzasidan batafsil tekshiruv o‘tkazilishi kutilmoqda.

custom img

Melaniya Tramp Donald Trampga suiqasd xavfidan xavotirda — Daily Mail

Biroq Donald Trampning o‘zi xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar yuzasidan jiddiy xavotir bildirgani haqida ma’lumot yo‘q.

custom img

Imron Xon sog‘lig‘i sabab qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazirni navbatdagi sud majlisigacha tibbiy ko‘rik va davolanish uchun kasalxonaga yuborish haqida qaror qabul qildi.

custom img

Filippinda maktabdagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi

Shningdek, hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"