Jahon

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi

Qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar muftiylari fatvosi asosida qabul qilingan.

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi

Qirg‘iziston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, mamlakatda 2026-yilgi Ramazon hayiti 20-mart, juma kuni nishonlanadi. Bu qaror Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar muftiylarining fatvo chiqarish bo‘yicha yig‘ilishida qabul qilingan.

 

Fatvo hay’atiga TDTga a’zo mamlakatlar – Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, shuningdek, TDT kuzatuvchi davlatlari – Turkmaniston va Vengriya rasmiy musulmon diniy idoralari vakillari kiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkiy davlatlar tashkiloti Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining Fatvo hay’ati Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2026-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19-fevral, payshanba kuniga, Ramazon hayiti esa 20-mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini belgilagandi.

 

Shuningdek, 2–4-fevral kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo hay’atining maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, unga TDTga a’zo mamlakatlar diniy idoralari vakillari va islom ulamolari ishtirok etgan.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"