Jahon

Turkiyada qulagan raketa Eron bilan bog‘liq emas — Eron TIV

Anqara havo hududi buzilishiga qarshi choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

Turkiyada qulagan raketa Eron bilan bog‘liq emas — Eron TIV

10-mart kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TRT Haber nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida Hakan Fidan Turkiya havo hududining buzilishi qabul qilib bo‘lmas holat ekanini ta’kidlab, Anqara bunday holatlarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etishini bildirgan.

 

Shuningdek, Turkiya TIV rahbari barcha tomonlarni mintaqaviy xavfsizlikka putur yetkazishi va tinch aholi hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa Turkiya hududiga yo‘nalgan raketalar Eron bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilib, ushbu hodisa yuzasidan keng qamrovli tekshiruv o‘tkazilishini bildirgan.

 

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukumat yig‘ilishidan keyingi chiqishida Eronni vaziyatni keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan xatolardan tiyilishga chaqirgan edi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"