Jahon

Izmirda o‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

U turk fuqarosiga turmushga chiqqan bo‘lib, hodisa kuyovning uyida sodir bo‘lgan.

Izmirda o‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida o‘zbekistonlik ayol ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan tushib ketdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli fuqaro Sevdora Hakimjonova Izmirda yashab kelayotgan vaqtida hodisaga uchragan. U hozirda davlat shifoxonasida davolanmoqda, shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Turkiya fuqarosi bilan imom nikohi asosida turmush qurgan, biroq ushbu nikoh rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Nikoh marosimi Chust tumanida o‘tkazilgan. Keyinchalik er-xotin Izmirga ko‘chib o‘tib, kuyovning qarindoshlari bilan birga yashab kelgan.

 

Qayd etilishicha, turmush o‘rtog‘i ham marhuma kabi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxs hisoblanadi.

 

Mazkur hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. To‘plangan materiallar prokuratura tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Bosh konsulxona vaziyat nazoratga olinganini bildirib, jabrlanuvchining sog‘lig‘i hamda tergov jarayonlari yuzasidan Turkiya vakolatli idoralari bilan hamkorlik davom etayotganini ma’lum qildi.

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

custom img

Ukraina donni Boltiqbo‘yi orqali eksport qilmoqchi: 2 mlrd dollargacha mablag‘ kerak

Ushbu yo‘nalishdan foydalanish bir tonna Ukraina g‘allasini tashish xarajatini qariyb 100 dollarga oshiradi.

custom img

Germaniya qazilma yoqilg‘idan voz kechadi: jarayon 2045-yilgacha yakunlanadi

Rejaga ko‘ra, mamlakat 2045-yilgacha ko‘mir, neft va gazdan foydalanishni to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan.

custom img

2,45 mlrd dollarlik reja: Trampning Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash dasturini taqdim etdi

Tinchlik kengashi G‘azoni to‘liq tiklash uchun o‘n yil davomida 71,4 mlrd dollar kerak bo‘lishini baholagan.

custom img

“O‘tmishga nisbatan nafrat kelajakdan mahrum bo‘lish bilan barobardir” — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti jamiyatni doimiy ravishda aybdor izlashdan voz kechishga chaqirdi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

custom img

“Biz terrorizm qurbonlarimiz”: Pezeshkian nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zalni tark etdi

Eron prezidenti AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qilib, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"