Jahon

“Bu biz tuzgan bitim emas”: Tramp Eronni sulhni buzganlikda aybladi

AQSh yetakchisi Eron Hormuz bo‘g‘ozida kemalar harakatini cheklayotganini tanqid qildi.

“Bu biz tuzgan bitim emas”: Tramp Eronni sulhni buzganlikda aybladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini cheklashda aybladi va mavjud kelishuv shartlari buzilayotganini ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, Eron sulh majburiyatlarini “juda yomon”, hatto “insofsiz” tarzda bajarmoqda. Tramp Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish jarayoni to‘liq ta’minlanmayotganini bildirib, bu holat dastlabki kelishuvga zid ekanini qayd etdi.

 

Shuningdek, u Eron tomonidan bo‘g‘ozdan o‘tuvchi tankerlar uchun to‘lov undirilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, agar bu ma’lumotlar rost bo‘lsa, Tehron zudlik bilan bunday amaliyotni to‘xtatishi lozimligini bildirdi.

 

8-aprelga o‘tar kechasi AQSH tomoni Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qilgan va Hormuz bo‘g‘ozining darhol ochilishi evaziga havo hujumlarini to‘xtatishga va’da bergan. Shu bilan birga, AQSH Eron tomonidan taqdim etilgan 10 banddan iborat taklifni ham qabul qilib olganini ma'lum qildi.

 

Ushbu taklifda Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan kemalardan to‘lov undirilishi va mablag‘lar urushda vayron bo‘lgan joylarni tiklashga yo‘naltirilishini aytgan edi. 

 

Shuningdek, Eron sulhga Livan ham kiritilishini talab qilgan. Lekin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, otashkesim Livanga taalluqli emasligini bildirgan. AQSH va Eron sulhi e’lon qilingach Isroil qiruvchi samolyotlari Livan bo‘ylab 10 daqiqalik shiddatli havo hujumini amalga oshirdi. 

 

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida kamida 303 kishi halok bo‘ldi va 1150 kishi yaralandi.

 

Keyinchalik tomonlar bayonotlaridan kelib chiqib, sulh shartlari va muzokaralarni boshlash masalasida AQSH va Eron o‘rtasida jiddiy tafovutlar mavjudligi oydinlashdi. Hozircha Hormuz bo‘g‘ozi amalda yopiq bo‘lib qolmoqda, undan o‘tayotgan kemalar esa Eron bilan alohida kelishishga majbur bo‘lmoqda.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.