Jahon

Rossiya va Ukraina Pasxa munosabati bilan vaqtinchalik sulhga kelishdi

Ukraina Prezidenti ham Pasxa tahdidlarsiz nishonlanishi kerakligini bildirdi.

Rossiya va Ukraina Pasxa munosabati bilan vaqtinchalik sulhga kelishdi

Rossiya Ukrainadagi urushda Pasxa bayrami munosabati bilan qisqa muddatli sulh joriy etishini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qaroriga ko‘ra, sulh 11-aprel soat 16:00 dan boshlanib, 12-aprel kuni oxirigacha amal qiladi. Shu davr mobaynida barcha yo‘nalishlarda jang harakatlarini to‘xtatish bo‘yicha Rossiya Qurolli kuchlariga topshiriq berilgan.

 

Xususan, mudofaa vaziri Andrey Belousov va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga otishmani to‘liq to‘xtatish vazifasi yuklatilgan.

 

Kreml mazkur tashabbusga Ukraina tomonidan ham javob bo‘lishini kutayotganini ta’kidladi. Kiyev esa bu taklifga rozi bo‘ldi. Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Pasxa bayrami “tahdidlarsiz” nishonlanishi kerak.

 

Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu sulh rejimi AQSH yoki Ukraina bilan oldindan kelishilmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror muzokaralar jarayoni bilan bog‘liq emas va alohida tashabbus sifatida qabul qilingan.

 

Peskov, shuningdek, uch tomonlama muzokaralar ehtimoliga to‘xtalib, yaqin kelajakda AQSH diplomatlari Ukraina masalasiga ko‘proq e’tibor qaratishiga umid bildirdi. U bugungi kunda bunday imkoniyatlar Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab cheklanganini ham qayd etdi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.