Jahon

Eron minalar sabab Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq ocholmayapti — The New York Times

Bo‘g‘ozda ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilmoqda.

Eron minalar sabab Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq ocholmayapti — The New York Times

Eron Hormuz bo‘g‘ozida o‘rnatilgan minalarni aniqlash va zararsizlantirishdagi qiyinchiliklar sabab dengiz yo‘lini to‘liq ocholmayapti. Bu haqda The New York Times  AQSh rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mart oyida AQSh va Isroil tomonidan harbiy harakatlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay kichik kemalar yordamida bo‘g‘ozni minalagan. Bu esa mintaqada kema qatnovining to‘xtashiga hamda jahon energiya resurslari narxining keskin oshishiga olib kelgan. Bo‘g‘oz orqali o‘tish faqat Rossiya va Xitoy kabi do‘st davlatlar kemalari hamda boj to‘lashga rozi bo‘lganlar uchun ochilgan.

 

The New York Times xabariga ko‘ra, IIQK Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun “xavfsiz yo‘laklar” xaritasini tarqatgan. Biroq bu xaritalarning aniqligi shubha ostida. Ko‘plab minalar tartibsiz ravishda va koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgan, ayrim portlovchi qurilmalar esa ataylab erkin suzishga qo‘yib yuborilgan. Bu esa ularni aniqlash va zararsizlantirishni murakkablashtiradi.

 

AQSh rasmiylari nashrga bergan intervyusida dengiz minalarini zararsizlantirish ularni o‘rnatishdan ancha murakkab jarayon ekanini ta’kidlagan. Ularning aytishicha, na AQSh, na Eron minalarni tezkor zararsizlantirish uchun yetarli darajada kuchli texnikaga ega emas. AQSh harbiylarida faqat mina qo‘riqchilari bo‘lgan qirg‘oq kemalari mavjud, Eron kuchlari esa hatto o‘z o‘q-dorilarini ham tezda zararsizlantirish imkoniyatiga ega emas.

 

Hormuz bo‘g‘ozi strategik jihatdan muhim yo‘nalish bo‘lib, u orqali dunyo neftining qariyb 15 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning 20 foizi tashiladi.

 

AQSh Eron tomondan dengiz yo‘lini to‘liq ochishni talab qilmoqda, aks holda harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkin. Eron va AQSh delegatsiyalari muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga yetib borgan. Hozirda bilvosita uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron minalar sabab Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq ocholmayapti — The New York Times | Zamon.uz