Jahon

Rossiyada Telegram to‘liq bloklandi

So‘nggi 24 soat ichida Telegramdagi nosozliklar yuzasidan foydalanuvchilardan 2,6 mingta shikoyat kelib tushgan.

Rossiyada Telegram to‘liq bloklandi

Rossiyada Telegram messenjeri ishlashida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda “Agentstvo” xabar berdi.

 

OONI ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni ertalab kirishdagi nosozliklar darajasi 95 foizga yetgan — bu so‘nggi haftalardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

 

Taqqoslash uchun, WhatsApp va Signal messenjerlarida ushbu ko‘rsatkich 89 foizni tashkil etgan. Bu esa Telegram’ga nisbatan cheklovlar kuchliroq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

 

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida foydalanuvchilardan 2,6 mingta shikoyat kelib tushgan. Murojaatlarning asosiy qismi Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa yirik hududlardan qayd etilgan. 

 

Ayrim holatlarda nosozliklar VPN xizmatlaridan foydalanuvchilarga ham ta’sir qilgani taxmin qilinmoqda.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, vaziyat Rossiyada “Memorial” inson huquqlari tashkiloti faoliyati taqiqlanishi hamda “Novaya Gazeta” tahririyatida o‘tkazilgan tintuvlardan keyin keskinlashgan.

 

Avvalroq Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan Federatsiyada O‘zbekiston SIM-kartalarini sotib olish ko‘payayotgani haqida xabar berilgandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.