Jahon

Islomobod vositachilikni davom ettiradi — Pokiston TIV

Pokiston tomonlarga uzoq muddatli tinchlik sari konstruktiv harakat qilishni tavsiya etdi.

Islomobod vositachilikni davom ettiradi — Pokiston TIV

Pokiston Tashqi ishlar vazir Ishoq Dar AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar yakunlariga munosabat bildirib, tomonlarni sulh bitimiga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

 

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Islomobod Pokiston vositachilik missiyasini davom ettirish niyatida bo‘lib, Eron va AQSh o‘rtasidagi muloqotni osonlashtirishga bundan keyin ham ko‘maklashadi.

 

“Umid qilamizki, har ikki tomon uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘lida konstruktiv harakatlarni davom ettiradi. Sulh bo‘yicha olingan majburiyatlarga rioya etilishi nihoyatda muhim”, — dedi Ishoq Dar.

 

Shuningdek, u muzokaralarning ushbu bosqichida ishtirok etish uchun Islomobodga kelgan delegatsiyalarga minnatdorlik bildirib, Islomobod muloqot uchun ochiq platforma bo‘lib qolishini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 11-aprel kuni AQSh va Eron delegatsiyalari Pokiston vositachiligida muzokaralar o‘tkazgan edi. J.D. Vens boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi muzokaralardan so‘ng kelishuvga erishilmaganini ma’lum qilgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.