Jahon

Tramp Eronni dengiz blokadasi bilan tahdid qildi

Bayonot Eron va AQSh o‘rtasidagi Islomobod muzokaralari natijasiz tugaganidan so‘ng yangradi.

Tramp Eronni dengiz blokadasi bilan tahdid qildi

Donald Tramp Eronga nisbatan keskin bayonot bilan chiqib, agar Tehron muzokaralarda yon berishdan bosh tortsa, AQSh uning dengiz orqali kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

AQSh prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib, ehtimoliy choralar qatorida dengiz blokadasi qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

“Agar Eron chekinmasa, Prezident o‘zining eng kuchli vositalaridan biri — dengiz blokadasidan foydalanishi mumkin”, — deya qayd etgan u.

 

Mazkur bayonot Islomobod shahrida o‘tkazilgan Eron–AQSh muzokaralari kelishuvsiz yakunlangani ortidan yangragan. Tasnim axborot agentligi xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar ayrim masalalarda yaqinlashuvga erishgan bo‘lsa-da, asosiy yo‘nalishlarda kelishmovchiliklar saqlanib qolgan.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi ham tomonlar bir nechta bandlar bo‘yicha kelishuvga erishganini, biroq ikki yoki uchta muhim masalada qarashlar keskin farq qilgani sababli umumiy bitim imzolanmaganini bildirgan.

custom img

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar tovon puli to‘ladi

Trampning apellyatsiya doirasidagi e’tirozlari rad etilib, sud qarori bilan yozuvchi va jurnalist Elizabet Kerrollning yuridik firmasiga mablag‘ o‘tkazildi.

custom img

Rossiyaga kelgan migrantlarning telefon sotib olishi majburiy qilinishi mumkin

Migrantlarning joylashuvini nazorat qilish uchun mobil telefon va elektron profil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Eron juda tez orada mag‘lub bo‘ladi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan mojaroda g‘alaba yaqin ekanini ta’kidladi.

custom img

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin

Depozit miqdori har bir arizachining holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.

custom img

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

custom img

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

custom img

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"