Jahon

Oq uy Eron bo‘yicha uchta ehtimoliy ssenariyni ko‘rib chiqmoqda — WP

Hokimiyat o‘zgarishi ssenariylardan biri sifatida muhokama qilinmoqda.

Oq uy Eron bo‘yicha uchta ehtimoliy ssenariyni ko‘rib chiqmoqda — WP

 

The Washington Post nashrining yozishicha, Oq uy Eron atrofidagi vaziyat rivoji uchun uchta asosiy ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda nashr sharhlovchisi Devid Ignatius AQSh ma’muriyati rasmiylariga tayanib xabar bergan.

 

Ma’lum qilinishicha, birinchi ssenariy Eron hukumati ag‘darilishi bilan bog‘liq. Oq uy vakillarining fikricha, bu variant harbiy zarbalar to‘xtatilgan taqdirda nisbatan ehtimoliyroq hisoblanadi.

 

Ikkinchi ssenariy mamlakatda siyosiy yetakchilik almashinuvi yuz berishini nazarda tutadi. Xususan, yangi oliy rahbar sifatida Muhammad Bagir G'olibaf kabi amaldorlarning hokimiyat tepasiga kelishi ehtimoli tilga olingan.

 

Uchinchi ssenariy esa Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibidagi qattiqqo‘l kuchlar faollashuvi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ular qarama-qarshilikni kuchaytirish, jumladan, Hormuz bo'g'ozidagi blokadani buzish yoki AQShni qo‘shimcha yon berishlarga majburlashga urinishi mumkin.

 

Ta’kidlanishicha, mintaqadagi vaziyat global energetika xavfsizligi bilan ham bog‘liq. Chunki aynan Hormuz bo‘g‘ozi orqali jahon neft va gaz ta’minotining muhim qismi amalga oshiriladi.

 

Avvalroq, Islomobodda bo‘lib o‘tgan AQSh–Eron muzokaralari kelishuvsiz yakunlanganidan so‘ng, Donald Tramp tomonidan bo‘g‘ozni blokirovka qilish bo‘yicha keskin bayonotlar yangragan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.