Jahon

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

 

Turkiyaning Qahramonmarash shahrida joylashgan maktabda qurolli hujum sodir etildi.

 

Hodisa Onikisubat tumanidagi Ayser Chalik o‘rta maktabida yuz bergan. Viloyat gubernatori Mukerem Unluer ma’lumotiga ko‘ra, otishma oqibatida 4 kishi — bir o‘qituvchi va uch o‘quvchi halok bo‘lgan, 20 kishi esa turli darajada jarohat olgan. Yaralanganlarning to‘rt nafari og‘ir ahvolda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni mazkur maktabning 8-sinf o‘quvchisi sodir etgan. U bir vaqtning o‘zida ikki sinfxonaga bostirib kirib, o‘qotar qurollardan foydalangan. O‘smirning yonida bir nechta qurol va o‘q-dorilar bo‘lgani aniqlangan.

 

Hujumchining taqdiri yuzasidan hozircha qarama-qarshi ma’lumotlar mavjud: ayrim manbalarda uning qo‘lga olingani, boshqalarida esa o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Rasmiy idoralar yakuniy xulosani e’lon qilmagan.

 

Voqea mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:30 da sodir bo‘lgan. Hodisa joyida sud-tibbiyot ekspertlari va psixologlar ish olib bormoqda. Mutasaddilar hujum motivlari va qurolga egalik qilish holatlarini o‘rganmoqda.

 

Qayd etilishicha, bu so‘nggi kunlarda Turkiyadagi ta’lim muassasalarida sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi. Avvalroq Siverek shahridagi maktabda ham o‘smir tomonidan qurolli hujum uyushtirilib, kamida 16 kishi jarohat olgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"