Jahon

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

Qirg‘izistonda ma’muriy-hududiy islohotlarning navbatdagi bosqichi doirasida viloyat va tumanlarni tugatib, ularning o‘rniga 20 ta okrug tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Sadir Japarov Nookat tumani aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

 

Japarovning aytishicha, hozirda mamlakatda 44 ta tuman va 33 ta shahar mavjud bo‘lib, kelgusida boshqaruv tizimi soddalashtiriladi.

 

“Viloyatlar va tumanlar tugatiladi, 20 ta okrug qoladi. Soddaroq aytganda, 20 ta viloyat shakllanadi. Biroq bu jarayon darhol emas, taxminan 3–4 yil ichida amalga oshiriladi”, — dedi Japarov.

 

Uning ta’kidlashicha, dastlab tajriba sifatida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi. Asosiy mezon sifatida yangi tuzilma davlat byudjeti dotatsiyasiga qaram bo‘lmasdan faoliyat yurita olishi belgilanmoqda.

 

Agar tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, mamlakat to‘liq okruglar tizimiga o‘tkaziladi.

 

Prezident, shuningdek, ma’muriy-hududiy islohotlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini qayd etdi. So‘nggi ikki yil ichida Qirg‘izistonda ayil okruglari soni 452 tadan 231 tagacha qisqartirilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"