O'zbekiston

O‘zbekistonda talabalar stipendiyasi nega oshirilmayapti?

Mazkur holatga Oliy ta’lim vaziri izoh berdi.

O‘zbekistonda talabalar stipendiyasi nega oshirilmayapti?

Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘rotboy Sharipov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda talabalar stipendiyasi oshirilmayotganining sababi izohlandi.

 

Bugungi kunda bazaviy stipendiya miqdori 569 870 so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, a’lo bahoga o‘qigan talabaga 20 foiz ustama to‘lanadi. O‘tgan yili oyliklar oshirilganda stipendiya ham 10 foizga ko‘paygan.

 

“Endi qarang, bitta muammo bor bizda. Buni to‘g‘ri tushunishingizni xohlardim. Hurmatli prezidentimiz to‘rt yildan beri kontraktni oshirishga ruxsat bermadi. Bir marta 15 foizga oshirildi. Agar oldingiday bu eski tizim bo‘yicha ketayotganda, masalan, yiliga maoshlar oshgan paytda kontrakt ham oshardi”, — degan oliy ta’lim vaziri.

 

Matbuot anjumanida vazir bugungi kunda to‘lov-kontrakti ustiga yana 88 foiz qo‘shilishi kerakligini, ayrim universitetlardagi yo‘nalishlarda bir talabaning xarajati 14 million so‘mga yetgan bo‘lsa ham, kontrakt yiliga 6 million so‘mligicha saqlab qolinayotganini bildirgan.

 

“Hozirgi kunda 26 ta oliy ta’lim muassasasi dotatsiyada o‘tiribdi… Masalan, biz eng ko‘p superkontraktlar hisobidan yopib kelyapmiz. Buni yashirish kerak emas. Bizda qilayotgan xarajatlarimiz ijtimoiy tarmoqda yoritib borilyapti. Mana bu universitetlar ko‘p daromad olgan, mana bular dotatsiyada qolgan, deb. Shuning uchun bu masala ko‘tarilaveradi har yili. Buni endi, albatta, ko‘pchilik, jamoatchilik fikrini o‘rgangan holda biz qaror qabul qilamiz”, — degan vazir.

 

Shuningdek, iqtisodchi Otabek Bakirov stipendiyalar kambag‘allik ko‘rsatkichidan ham 20%ga kamroqligini yozmoqda.

 

Iqtisodchi Konstitutsiyaning  46-moddasiga asosan, “Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas”ligini qayd etgan. 

 

“Rostdanam, oxirgi 5-yilda OTMlar uchun to‘lov-kontrakt  bir marta 15%ga oshirildi, lekin stipendiyalar 10%ga indeksatsiya bo‘ldi. Ijtimoiy minimumlar emas, mutanosiblik nuqtayi nazaridan qaralsa ham, shu yerdayam adolat bo‘lgani yo‘q. Lekin, yondashuvdagi asosiy yanglishuv shundaki, stipendiya byudjetda o‘qiyotgan yuzminglab talabalar uchun akademik to‘lov emas, aynan ijtimoiy yordam vazifasini bajaradi. Ya’ni stipendiyalar miqdorini belgilashda OTMga o‘qish uchun kontrakt-to‘lovga bog‘lanishida ijtimoiy va hatto bozor ratsionalligi yo‘q. Hozirda bazaviy stipendiya 570 ming so‘mga yetmaydi, kambag‘allik chegarasini belgilovchi minimal iste’mol xarajatlari esa 715 ming so‘m. Ya’ni bazaviy stipendiya miqdori kambag‘allik minimumidan ham 20%dan ko‘proqqa kam” — deya yozgan Otabek Bakirov

 

custom img

Olmazorda 400 o‘rinli texnikum va yangi kasb-hunar markazi tashkil etiladi

Shuningdek, xorijda ishlash uchun fuqarolarni maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Toshkentda tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 200 mln so‘mgacha oshiriladi

Shuningdek, Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi 305 gektarlik sanoat zonasining salohiyati ham ko‘rib chiqildi.

custom img

Toshkentdagi 400 ta mahallani obod qilish uchun 10 trln so‘mlik dastur ishlab chiqiladi

Poytaxtning Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish uchun 1-noyabrga qadar yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfeli ishlab chiqiladi.

custom img

Toshkentga kelasi yili 10 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

Investorlarning muammolarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun yangi ish tizimi joriy etiladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan tanishdi

Universitetda ilk 400 talaba 100 foiz davlat granti asosida ta’lim olmoqda.

custom img

75 ming talaba xavfsizligi ta’minlanadi: Prezident “Yoshlik” shaharchasidagi markazni ko‘rdi

Vaziyatlar markazi shaharchadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali talabalarning davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari ham mavjud.

custom img

71,4 mlrd so‘mlik obodonlashtirish ishlari: Prezident “Qichqiriq” mahallasiga bordi

Qichqiriq kanali bo‘yida yangi saylgoh barpo etildi, mahallada respublikadagi ilk minorali avtoturargoh o‘rnatildi, eski bog‘cha yangilandi.

custom img

Prezident Olmazordagi “RomPharm NS” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada import o‘rnini bosuvchi, asosan nevrologiya, kardiologiya va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"