Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

“INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologik va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

 

Uchrashuvda Tatariston, Boshqirdiston respublikalari, shuningdek Leningrad, Kirov, Irkutsk va Omsk viloyatlari hamda Rossiyaning yirik sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Suhbat avvalida Denis Manturov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini O‘zbekiston Prezidentiga yetkazdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti 35 dan ortiq davlatdan 10 mingdan ziyod biznes vakillari ishtirok etayotgan “INNOPROM” xalqaro ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli tashkil etilganini alohida ta’kidladi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar savdo aylanmasining barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, tinch atom va boshqa muhim sohalardagi qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, hududlararo aloqalarni kuchaytirish va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, energiya samaradorligi, suv xo‘jaligi, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt kabi istiqbolli yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Bundan tashqari, texnik oliygohlar negizida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Uchrashuv yakunida Rossiya hududlari va yirik kompaniyalari vakillari tomonidan O‘zbekistonda yangi investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar taqdim etildi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.