Jahon

Armanistonda salkam 10 tonna Nestle mahsuloti qaytarib olindi

Kompaniyaga ko‘ra, bu ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan.

Armanistonda salkam 10 tonna Nestle mahsuloti qaytarib olindi

Armanistonda NAN brendi ostidagi Nestle bolalar ovqatining 9,7 tonnasi xavfli deb topilib, yo‘q qilindi. Bu haqda respublika Oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiyasiga tayanib, “News” nashri xabar berdi.

 

Nestle kompaniyasining ma’lum qilishicha, ayni paytda Armaniston Respublikasida bolalar aralashmalarining ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olish bo‘yicha tadbirlarni yakunlangan. 

 

“Bu jarayon kompaniya tomonidan ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan. Qaytarib olingan mahsulotni yo‘q qilish — bu tegishli bozorlarda regulyator bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan standart yakuniy jarayonlardan biri bo‘lib, u hech qanday qo‘shimcha laboratoriya tahlillari o‘tkazilishi bilan bog‘liq emas”, deyiladi rasmiy xabarda. 

 

Avvalroq, 2026 yil yanvar oyida Nestle Rossiyada bolalar uchun mo‘ljallangan ayrim quruq sut va davolovchi aralashmalar partiyasini ixtiyoriy ravishda bozordan qaytarib olgan edi. Bu qaror tashqi yetkazib beruvchidan kelgan xomashyoda ham sereulid toksini bo‘lishi ehtimoli bilan izohlangan.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur komponent miqdori juda kam bo‘lib, xavf ehtimoliy xarakterga ega. Mahsulotni qaytarib olish esa global xavflarni kamaytirish siyosati doirasida amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, “HiPP” bolalar ozuqasidan ham kalamush zahari topilgandi. Zahar shikastlangan qadoqlardan aniqlangani aytilgan. Mazkur ozuqani ishlab chiqaruvchisi bu holat tovlamachilik ekanini bildirgan.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.