O'zbekiston

Farg‘onada shifokor bemorga zarur tibbiy yordamni ko‘rsatmadi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Farg‘onada shifokor bemorga zarur tibbiy yordamni ko‘rsatmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaroga yetarli darajada tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani tibbiyot birlashmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Rishton tumani Hurromobod MFYda yashovchi fuqaro Gulasal Oripova tuman markaziy shifoxonasi shifokorlari tomonidan xizmat vazifasiga loqaydlik bilan yondashish holati kuzatilayotganini bildirgan.

 

Rishton tumani tibbiyot birlashmasi holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borgan. Unga ko‘ra, 2026-yil 26-mart kuni soat taxminan 03:30 da 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Foziljon Oripov ko‘krak sohasidagi og‘riq bilan shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilgan. Qabuldagi shifokor tomonidan bemorga yetarli darajada tibbiy yordam ko‘rsatilmagan holda uyiga javob berilgan.

 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan ichki xizmat tekshiruvi natijasida mazkur shifokor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Shundan so‘ng bemorga viloyatdan malakali mutaxassislar jalb etilib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filialiga yotqizilgan.

 

Ayni paytda bemor viloyat shifokorlari nazoratida davolanmoqda. Uning sog‘ligi bosqichma-bosqich yaxshilanib borayotgani ma’lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.