Jinoyat

Sirdaryoda bog‘cha mudirasi pora bilan ushlandi

U fuqaroni ishga joylashtirish uchun pul talab qilgan.

Sirdaryoda bog‘cha mudirasi pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mudira ishga joylashtirishni va’da qilib, fuqarodan 2,5 million so‘m talab qilgan.

 

U avval 200 ming so‘mni plastik karta orqali olgan. Keyin esa qolgan 2 mln 300 ming so‘mni olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

 

Hozirda holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Surxondaryoda maktab direktori 2 million so‘m pora olib, 4 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

custom img

Jizzax va Parkentda ming tonnadan ortiq asfalt talon-toroj qilindi

Tekshiruvlarda jami 1 174 tonna asfalt va 672,7 mln so‘m byudjet mablag‘lari bilan bog‘liq qonunbuzarliklar fosh etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"