Jinoyat

Buxoroda 18 yoshli ona chaqalog'ini 4 ming dollarga sotmoqchi bo'ldi

U chaqaloq uchun kelishilgan pulning bir qismini olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Buxoroda 18 yoshli ona chaqalog'ini 4 ming dollarga sotmoqchi bo'ldi

Buxoro viloyati Buxoro tumanida uch kunlik chaqalog‘ini to‘rt ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 6-aprel kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijasida mazkur jinoyatning oldi olingan.

 

Xabarga ko‘ra, 2008-yilda tug‘ilgan, Buxoro tumanida yashovchi fuqaro hali uch kunlik bo‘lmagan qiz farzandini g‘arazli maqsadda sotishga uringan.

 

U chaqaloqni 4 ming dollarga sotishni rejalashtirib, shartli mijozdan kelishilgan pulning 800 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) uchinchi qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

custom img

Toshkentda internet-narkodo‘kon kuratori salkam 10 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Fuqaro avval ham Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan sudlangan.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"