O'zbekiston

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni soxta elektron xatlar haqida ogohlantirdi

Qo‘mita soliq organlarining barcha rasmiy xabarlari faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishini bildirdi.

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni soxta elektron xatlar haqida ogohlantirdi

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga soxta elektron xatlar yuborilayotgani haqida rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi nomidan yuborilayotgan xatlar aniqlangan. Ushbu xabarlar norasmiy bo‘lib, firibgarlik maqsadida tarqatilmoqda.

 

 

Qayd etilishicha, mazkur elektron xatlar soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan. Ular tarkibidagi havolalar orqali qurilmalarga zararli dasturlar yuklanishi yoki foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari qo‘lga kiritilishi mumkin.

 

Soliq qo‘mitasi soliq organlarining barcha rasmiy xabarlari faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishini eslatdi.

 

Fuqarolarga shubhali xabarlarda keltirilgan havolalarni bosmaslik, ilova qilingan fayllarni ochmaslik va ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshirishni tavsiya qilindi.

 

Shuningdek, fuqarolar shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash va firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun hushyor bo‘lishga chaqirildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.