Jahon

G‘azoda 2006-yildan beri ilk bor saylovlar o‘tkazilmoqda

Saylovlarda jami 1 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, ularning qariyb 70,5 ming nafari G‘azo sektorida istiqomat qiladi.

G‘azoda 2006-yildan beri ilk bor saylovlar o‘tkazilmoqda

 

G‘azo sektori va Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohilning Deyr al-Balah gubernatorligida shahar saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur saylovlar G‘azoda 2006-yildan beri ilk bor tashkil etilayotgan mahalliy ovoz berish jarayoni sifatida qayd etilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Falastin Milliy ma’muriyati Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovlarda jami bir milliondan ortiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, ularning qariyb 70,5 ming nafari G‘azo sektorida istiqomat qiladi. Ovoz berish jarayoni 25-aprel kuni boshlangan.

 

Saylovlar 90 yoshli prezident Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u G‘arbiy Sohilning ayrim hududlarini qamrab oladi. G‘azoda esa 2006-yildan buyon ilk bor mahalliy darajadagi saylov jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili o‘tkazilgan saylovlarda Hamas harakati g‘alaba qozongan edi.

 

Joriy saylovlarda nomzodlar tinchlik va birgalikda yashash tamoyillarini qo‘llab-quvvatlovchi deklaratsiyani imzolashi shart etib belgilangan. Shu bilan birga, ayrim siyosiy kuchlar jarayonda ishtirok etmayotgani qayd etilmoqda. Xususan, G‘azo sektorining bir qismida nazoratni saqlab kelayotgan Hamas vakillari bu saylovlarda ochiq nomzod sifatida qatnashmayapti.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarda ishtirok etayotgan ko‘plab nomzodlar Falastin milliy ozodlik harakati — Fath ittifoqchilari yoki mustaqil siyosatchilardan iborat. Tahlillarga ko‘ra, hududda Hamas hanuzgacha ayrim hududlarda va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘yicha sezilarli ta’sirga ega bo‘lib qolmoqda.

 

Hozirda saylov jarayonlari belgilangan tartibda davom etmoqda va ovoz berish punktlarida xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.