Jahon

So‘nggi o‘n yillikda ocharchilik qurbonlari soni 9 baravar ko‘paydi — BMT

2025-yilda dunyoning 47 mamlakat va hududida 266 million kishi o‘tkir oziq-ovqat tanqisligiga duch kelgan.

So‘nggi o‘n yillikda ocharchilik qurbonlari soni 9 baravar ko‘paydi — BMT

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari tomonidan tayyorlangan 2026-yilgi Oziq-ovqat inqirozi bo‘yicha global hisobotda dunyoda ocharchilik darajasi keskin yomonlashayotgani qayd etildi.

 

Hisobotga ko‘ra, 2016-yildan buyon halokatli darajadagi ochlikka duch kelayotgan insonlar soni to‘qqiz baravar oshgan. Shu bilan birga, o‘tkir oziq-ovqat tanqisligi holatlari ham so‘nggi o‘n yillikda ikki baravar ko‘paygan.

 

2025-yilda hisobot tarixida ilk bor bir vaqtning o‘zida ikki hududda — G‘azo sektori hamda Sudanning ayrim qismlarida halokatli ocharchilik darajasi rasman e’lon qilingan.

 

BMTning Integratsiyalashgan oziq-ovqat xavfsizligi tasnifi tizimiga muvofiq, mazkur hududlardagi vaziyat eng yuqori — beshinchi bosqich sifatida baholangan. Ushbu daraja aholining ommaviy gumanitar yordamga muhtojligini anglatadi.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Afg‘oniston, Bangladesh, Kongo Demokratik Respublikasi, Myanma, Nigeriya, Pokiston, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya va Yaman davlatlari o‘tkir ocharchilik xavfi yuqori bo‘lgan asosiy hududlar sirasiga kiradi. Mazkur mamlakatlarda dunyodagi ochlikdan aziyat chekayotgan aholining qariyb uchdan ikki qismi yashaydi.

 

2025-yilda 47 ta mamlakat va hududda jami 266 million kishi yuqori darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelgan. Bu tahlil qilingan umumiy aholining qariyb 23 foizini tashkil etadi.

 

Shuningdek, bolalar o‘rtasidagi to‘yib ovqatlanmaslik muammosi ham jiddiy tus olgan. Hisobotga ko‘ra, 2025-yilda 35,5 million bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekkan bo‘lsa, shundan qariyb 10 million nafari og‘ir holatda bo‘lgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"