Jahon

Qamchibek Tashiev davlat to‘ntarishiga urinish sabab ishdan bo‘shatilgan — deputat

Tashiyev joriy yil fevral oyida maxsus xizmat rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Qamchibek Tashiev davlat to‘ntarishiga urinish sabab ishdan bo‘shatilgan — deputat

Qirg‘iziston parlamenti deputati Elvira Surabaldiyeva mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq holatlar sabab ozod etilganini ma’lum qildi.

 

Deputatning ta’kidlashicha, mazkur voqealar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Uning aytishicha, ayrim shaxslar allaqachon hibsga olingan yoki tergov jarayoniga jalb etilgan.

 

Surabaldiyeva prezident Sadir Japarov tomonidan qattiqroq chora ko‘rilmaganini davlat rahbarining saxovatpeshaligi sifatida baholagan. U prezident uchun ushbu vaziyat siyosiy va shaxsiy jihatdan murakkab sinov bo‘layotganini ham qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Qamchibek Tashiyev joriy yil fevral oyida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgandi.

Keyinchalik Qirg‘iziston prezidenti uning davlat xizmatiga qaytmasligini bildirgan.

 

Ayni paytda rasmiy organlar mazkur bayonotlar yuzasidan qo‘shimcha izoh bermagan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"