Jahon

Tramp Kushner va Uitkoffning Pokistonga safarini bekor qildi

Pokistonda o‘tishi kutilgan ehtimoliy muzokaralar noma’lum muddatga qoldirildi.

Tramp Kushner va Uitkoffning Pokistonga safarini bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp maxsus vakil Stiv Uitkoff hamda kuyovi Jared Kushnerning Pokistonga rejalashtirilgan safarini bekor qilganini ma’lum qildi. Mazkur tashrif Eron bilan ehtimoliy tinchlik muzokaralari doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.

 

Trampning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, vakillarning Islomobodga safari bekor qilingan. U bunga safarga ketadigan vaqtning ko‘pligi, ichki ishlar jadvalining bandligi hamda Eron rahbariyatidagi ichki kelishmovchiliklarni sabab sifatida ko‘rsatgan.

 

AQSh prezidenti keyinchalik mazkur qaror Eron bilan qarama-qarshilik qayta boshlanishini anglatmasligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu borada yakuniy qarorlar ko‘rib chiqilmagan.

Shuningdek, Tramp Truth Social platformasidagi bayonotida Eron bo‘yicha rejalashtirilgan barcha Amerika delegatsiyalari safarlari bekor qilinganini tasdiqlagan. U Tehron rahbariyati ichidagi kelishmovchiliklar muzokara jarayoniga to‘sqinlik qilayotganini qayd etgan.

 

Mazkur bayonotlar Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Pokistonga tashrif buyurib, rasmiylar bilan ikki tomonlama masalalarni muhokama qilganidan so‘ng yangragan. OAV xabarlariga ko‘ra, Eron delegatsiyasi keyinchalik Islomobodni tark etgan.

 

Ayni paytda tomonlar o‘rtasida avval e’lon qilingan sulh rejimi saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, AQShning Eron portlariga nisbatan blokadasi hamda Eronning Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha cheklovlari bekor qilinmagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.