Siyosat

Ostonada OHIChKning iqlim va barqaror rivojlanish bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston 2030-yilga borib yashil energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Ostonada OHIChKning iqlim va barqaror rivojlanish bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi

 

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK)ning “Global iqlim o‘zgarishi va OHIChK mintaqasida barqaror rivojlanish” mavzusidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda a’zo davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va ekspert doiralar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqlim o‘zgarishi sharoitida mintaqaviy muloqotni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

 

Yig‘ilish davomida iqlim o‘zgarishi, suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik ifloslanishga qarshi kurashish, cho‘llanishning oldini olish hamda bioxilma-xillikni saqlash kabi asosiy ekologik masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ekologik yo‘nalishda tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish zarurligi qayd etildi.

 

O‘zbekiston nomidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori Farrux Sattarov so‘zga chiqdi. U iqlim o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

 

MMBH 3.0'dagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston harorat oshishi va yerlarning degradatsiyasi kabi iqlimiy xatarlar kuchayishiga duch kelmoqda.

 

Javob chorasi sifatida mamlakat o‘z majburiyatlarini kuchaytirdi, jumladan, 2035-yilga borib 2010-yil darajasiga nisbatan YAIMning uglerod sig‘imini 50 foizga kamaytirish maqsadi qo‘yilgan. Buning uchun katta miqdordagi resurslar — chiqindilarni kamaytirish uchun taxminan 33,7 mlrd dollar va moslashish uchun 15,7 mlrd dollar talab etiladi.

 

Asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish, tabiiy ekotizimlarni tiklash, suvdan oqilona foydalanish hamda iqlim siyosatini iqtisodiy rivojlanish strategiyalariga integratsiya qilish belgilandi. Xususan, 2030-yilga borib mamlakat energiya balansida “yashil” energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Parij kelishuvi maqsadlariga erishish uchun jahon miqyosidagi sa’y-harakatlar hozircha yetarli emasligi, bu esa COP29 natijalarida ham tasdiqlangani qayd etildi. Shu munosabat bilan, jumladan, OHIChK doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston mintaqada iqlim bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"