Siyosat

Ostonada TDT davlatlarining ekologiya uchun mas’ul rahbarlari uchrashdi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar transchegaraviy ekologik muammolarga qarshi amaliy hamkorlikni kuchaytirmoqda.

Ostonada TDT davlatlarining ekologiya uchun mas’ul rahbarlari uchrashdi

Ostonadagi Mintaqaviy ekologik sammit doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlarning atrof-muhit va ekologiya masalalari uchun mas’ul rahbarlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha muhim platformaga aylandi.

 

 

Muloqotda O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nysanbayev, Ozarbayjon ekologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Rauf Gajiyev, Qirg‘iziston tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Aqil Toktobayev, Turkiya atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Hasan Suver, TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Majid Xon ishtirok etdi.

 

Aziz Abduhakimov o‘z nutqida bugungi ekologik muammolar — iqlim o‘zgarishi va bioxilma-xillikning kamayishi kabi masalalar davlat chegaralarini tan olmasligi va muvofiqlashtirilgan hamda amaliy choralarni talab qilishini ta’kidladi.

 

 

“Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Turkiy ekologik kengashni tashkil etish tashabbusi alohida ahamiyat kasb etadi. Biz buni davlatlarimiz sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi, tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yuvchi va kelishilgan qarorlar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi muhim institutsional mexanizm sifatida ko‘ramiz”, – dedi u.

 

Shuningdek, Kengash huzurida ixtisoslashgan ekspert organi — ilmiy-texnik tuzilma yoki ishchi guruh tashkil etish taklifiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tuzilmani Nukus shahrida joylashtirish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston tomoni mazkur tashabbusni faol ilgari surishga, jumladan, Kengashning dastlabki yig‘ilishlaridan birini aynan Nukusda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. 

 

Bu hudud Orol dengizi inqirozi bilan bog‘liq ekologik muammolarning ko‘lamini yaqqol aks ettiradi.

 

Ta’kidlanishicha, uchrashuvni Nukusda o‘tkazish ishtirokchilarga Iqlim o‘zgarishi muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishish imkonini beradi. Unda Orol fojiasi oqibatlari, shuningdek, ekotizimlarni tiklash va Orolbo‘yi aholisi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etilgan.

 

Uchrashuvda muhokamalardan amaliy harakatlarga o‘tish zarurligini qayd etildi. Asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, tabiiy ekotizimlarni tiklash, ifloslanish darajasini kamaytirish hamda barqaror iste’mol modellari ilgari surildi. 

 

Shuningdek, investitsiyalar va ilg‘or yechimlarni jalb qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, turkiy davlatlar katta tabiiy va ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, birgalikda harakat qilgan holda global iqlim kun tartibiga va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga munosib hissa qo‘sha oladi. Shu nuqtayi nazardan o‘zaro ishonchni mustahkamlash, birlik va izchil harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.