Jinoyat

Toshkentda 40 ta soxta YTH orqali sug‘urta pullarini o‘zlashtirgan guruh ushlandi

Qalbaki hujjatlarda zarar miqdori 13–14 million so‘m atrofida ko‘rsatilgan va aynan shu summalar sug‘urta tovonlari sifatida undirilgan.

Toshkentda 40 ta soxta YTH orqali sug‘urta pullarini o‘zlashtirgan guruh ushlandi

Toshkent shahrida sahnalashtirilgan yo‘l-transport hodisalari orqali sug‘urta tovonlarini noqonuniy qo‘lga kiritib kelgan uyushgan guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Rost24 xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, “BLACK BULL RENT” MChJ rahbari A.A. boshchiligidagi guruh 2024-yil davomida amalda sodir bo‘lmagan YTHlarni tizimli ravishda uyushtirib kelgan. Guruh a’zolari o‘zaro vazifalarni taqsimlab, ayrimlari avtomobil topish, boshqalari haydovchi yoki jabrlanuvchi rolini bajarish, yana bir qismi esa hujjatlarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan.

 

Tergov jarayonida ular jami 40 ta soxta YTH holatini rasmiylashtirgani aniqlangan. Har bir epizodda deyarli bir xil sxema qo‘llangan, bir xil avtomobillar bir necha bor turli rollarda ishlatilgan. Ayrim holatlarda bitta transport vositasi bir safar aybdor, keyingi safar esa jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatilgan.

 

Firibgarlik sxemasida asosan Malibu-2, Tracker, Nexia va VAZ rusumidagi avtomobillardan foydalanilgan. Qalbakilashtirilgan hujjatlarda zarar miqdori deyarli bir xil — 13–14 million so‘m atrofida ko‘rsatilgan va aynan shu summalar sug‘urta tovonlari sifatida undirilgan.

 

Aniqlanishicha, mazkur sxema orqali oltita sug‘urta kompaniyasiga zarar yetkazilgan. Umumiy moddiy zarar 811,8 million so‘mni tashkil etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi chiqarilib, A. Abdusattorov, S. Abdusattorov va Z. Yo‘ldoshev Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan aybdor deb topildi.

 

Ayblanuvchilar bilan tuzilgan iqrorlik kelishuvi inobatga olinib, ularning har biriga 103 million 700 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"