O'zbekiston

Boysunda daryoga neftning oqib ketgani tabiatga 8,5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

23-aprel kuni kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida taxminan 1,2 tonna neft mahsulotlari aralash suyuqlik Xongaronsoyga oqib ketgan.

Boysunda daryoga neftning oqib ketgani tabiatga 8,5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida neft aralash suyuqlikning daryoga oqib ketishi bilan bog‘liq holat yuzasidan 8,5 milliard so‘mdan ortiq zarar hisoblandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar davomida “Surxan Gas Chemical Operating Company” MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli quduqlardan birida neft mahsulotlari aralash suyuqlikning qaynab chiqish holati aniqlangan. Mazkur suyuqlikning tabiiy suv havzalariga tushishining oldini olish maqsadida korxona tomonidan “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasining maxsus texnikalari jalb etilib, 11 ta handaq qazilgan.

 

Biroq 23-aprel kuni hududda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida taxminan 1,2 tonna neft mahsulotlari aralash suyuqlik Xongaronsoyga oqib ketgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari hisoblab chiqilgan bo‘lib, zarar miqdori 8,5 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

 

Hozirda yuzaga kelgan holat bartaraf etilgani, suv havzasi neft aralash suyuqlikdan tozalangani bildirilmoqda. 

 

Shuningdek, o‘rganish ishlari davom etmoqda. Jarayon yakunlangach, to‘plangan materiallar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.