O'zbekiston

Ichki ishlar vaziriga kamera va radarlar faoliyati bo‘yicha parlament so‘rovi yuborildi

Deputatlar asossiz jarimalar, yo‘l belgilari va radarlar joylashuvi bo‘yicha IIVdan izoh so‘radi.

Ichki ishlar vaziriga kamera va radarlar faoliyati bo‘yicha parlament so‘rovi yuborildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovga avtomobil yo‘llaridagi foto-video qayd etish texnika vositalari, radarlar hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi samaradorlik yuzasidan parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda transport vositalari sonining keskin ortishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirgan. Shu asosda yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish, qoidabuzarliklarni foto-video qayd etish tizimlarini kengaytirish, zamonaviy radar va kameralarni joriy etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun hamda Prezidentning bir qator qarorlari asosida avtomobil yo‘llarida belgilangan tezlikka rioya etilishini statsionar va ko‘chma radarlar yordamida nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur texnik vositalar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilar mas’uliyatini oshirish, qoidabuzarliklar sonini kamaytirish hamda korrupsion holatlarning oldini olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Biroq hududlarda saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar murojaatlari davomida ushbu tizim faoliyatiga oid qator e’tirozlar ham bildirilgan. Xususan, ruxsat etilgan tezlik keskin o‘zgaradigan yo‘l uchastkalarida belgilar yetarlicha ko‘rinmaydigan joylarga o‘rnatilgani, ayrim hollarda radarlar joylashuvi bo‘yicha savollar mavjudligi qayd etilgan.

 

Bundan tashqari, foto-video qayd etish tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida texnik xatolar tufayli asossiz jarimalar qo‘llanayotgani, ayrim yo‘llarda asfalt sifati talabga javob bermasligi, yo‘l chiziqlari ko‘rinmasligi yoki noto‘g‘ri chizilgani, piyodalar o‘tish joylarida svetoforlar yetishmasligi kabi muammolar fuqarolar noroziligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan deputatlar Ichki ishlar vazirligidan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, radar va kameralarning samaradorligi, jarimalar hisoblanishi shaffofligi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etishni so‘radi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.