O'zbekiston

O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma dastur ishga tushirildi

Dastur orqali O‘zbekistonda 1 000 ta oila teng huquqli oilaviy amaliyotlarni rivojlantirish va bandlik imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlanadi, 3 000 juftlik esa nikoh oldi va oilaviy maslahat xizmatlaridan foydalanadi.

O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma dastur ishga tushirildi

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Yevropa Ittifoqi BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), UN Women va UNICEF bilan birgalikda “O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” nomli yangi Qo‘shma dasturni rasman ishga tushirdi. 

 

 

Dastur inson kapitali, reproduktiv salomatlik va demografik barqarorlikka muhim investitsiyalarni taqdim etadi hamda ayollarning sifatli oila rejalashtirish xizmatlari, munosib mehnat, ta’lim va tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanishini kuchaytiradi, gender tengligi, bandlik va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga alohida e’tibor qaratadi.

 

 “O‘zbekiston Hukumati gender tengligini ilgari surish va barcha sohalarda ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga sodiq qolmoqda. Ushbu dastur ayollarning iqtisodiy ishtirokini mustahkamlashga, oilalarni qo‘llab-quvvatlashga va mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi”, dedi tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova.

 

Dastur iqtisodiy imkoniyatlar, ijtimoiy me’yorlarni o‘zgartirish va huquqlarga asoslangan reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanish yo‘nalishlarini birlashtiradi. Maqsadli ko‘nikmalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy sektor bilan hamkorlik orqali dastur ayollarning munosib mehnat va daromad manbalariga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 

 

“Ayollarning iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat tenglik masalasi — bu barqaror o‘sish va yanada mustahkam jamiyat uchun zarur shartdir. Ushbu tashabbus orqali Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni o‘z islohotlar maqsadlarini butun mamlakat bo‘ylab ayollar uchun real imkoniyatlarga aylantirishda qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi”, deya qayd etdi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar.

 

Dastur shuningdek reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish xizmatlarini o‘z ichiga olgan muhim xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini mustahkamlaydi. Bu esa ayollarga o‘z sog‘ligi, oilasi va turmush sharoiti bo‘yicha ongli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

 

 

 “Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish sog‘liq, huquq va tanlov imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu dastur orqali UNFPA ayollarning o‘z hayoti bo‘yicha ongli qarorlar qabul qilishi, sifatli xizmatlardan foydalanishi va iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotda to‘liq ishtirok etishini ta’minlashga sodiqdir”, dedi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili doktor Nigina Abaszade.

 

Qayd etilishicha dastur orqali O‘zbekistonda 1 000 ta oila teng huquqli oilaviy amaliyotlarni rivojlantirish va bandlik imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlanadi, 3 000 juftlik esa nikoh oldi va oilaviy maslahat xizmatlaridan foydalanadi. 700 nafar o‘smir qizlar, jumladan 150 nafar nogironligi bo‘lgan qizlar, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ta’lim va bandlik imkoniyatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

 

5 000 nafar ayol kasbiy va raqamli ta’lim oladi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari yana yuzlab xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘tarish rejalari bayon qilindi. 

  

Ma’lumot uchun: “O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va uning umumiy byudjeti 5,1 million yevroni tashkil etadi. Dastur 2026–2028-yillar davomida amalga oshiriladi. U BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) yetakchiligida, UN Women va UNICEF hamkorligida amalga oshiriladi hamda O‘zbekiston bo‘ylab, 14 ta hududda maqsadli faoliyatlar bilan joriy etiladi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"