O'zbekiston

O‘zbekistonda korxonalardan chiquvchi zararli moddalar tashlanmasi kamaytirildi

25 ta yoqilg‘ini mexanik tozalovchi filtrlar yangilandi, 13,5 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirildi.

O‘zbekistonda korxonalardan chiquvchi zararli moddalar tashlanmasi kamaytirildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2026-yil birinchi choragida Sustainable Fitch agentligining ilk ESG reytingiga ega bo‘ldi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar atrof-muhitga ta’sir darajasiga ko‘ra I, II va III toifalarga mansub bo‘lib, barcha korxonalarda ekologik boshqaruv ISO 14001 xalqaro standarti hamda ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2026-yil birinchi choragida Sustainable Fitch agentligining ilk ESG reytingiga ega bo‘ldi. Kompaniya 50 ball ko‘rsatkichni qayd etib, barqaror rivojlanish sohasida shakllangan institutsional asoslarni namoyon etgan.

 

Joriy yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha tizim korxonalarida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar va 300 ming tonna CO₂ moddasi tashlanmalari kamaytirildi.

 

Atmosferaga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida amaliy choralar ko‘rildi. Jumladan:

 

  • “Yashil makon” dasturi doirasida bahor mavsumida 19 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, rejalar 190 foizga bajarildi;
  • chang-gaz tozalash qurilmalarida profilaktika ishlari olib borildi;
  • 25 ta yoqilg‘ini mexanik tozalovchi filtrlar yangilandi;
  • 13,5 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirildi;
  • an’anaviy avtomashina parki modernizatsiya qilinib, 25 ta elektromobil ekspluatatsiyaga kiritildi;
  • Sirdaryo IESda avariyaviy va favqulodda holatlarda mazut yoqish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida zamonaviy emulsiya tayyorlash qurilmasi o‘rnatildi.

 

Shuningdek, raqamli ekologik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 19 ta ustuvor manba avtomatik monitoring stansiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, ularning 11 tasi yagona axborot tizimiga integratsiya qilingan, qolganlari bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 

Sanitar-himoya zonalarida esa jami 13 ta ekopost o‘rnatilgan bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Hozirgi kunda 7 ta suv tozalash inshooti orqali yiliga 26 million kubmetr suv tozalanib, uning 18 million kubmetri qayta ishlab chiqarish jarayonlariga yo‘naltirilmoqda.

 

Shu bilan birga, sug‘orish tizimlari 45 kilometrga yetkazilib, yashil hududlarni saqlash va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 

Bundan tashqari, 2,2 gektar yer maydonida rekultivatsiya ishlari amalga oshirilib, buzilgan yerlar tiklandi.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.