Jinoyat

Telegram’da “APK” dasturlarni sotib yurgan yigit ushlandi

Ushbu dasturlar orqali o‘zgalarning xabarlarini o‘qish, to‘lov tizimlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan.

Telegram’da “APK” dasturlarni sotib yurgan yigit ushlandi

Toshkent viloyatida Telegram orqali zararli dasturlar sotib kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Chirchiq shahrida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi yaratgan zararli “APK” dasturlarini 100–300 ming so‘m oralig‘idagi narxlarda “Telegram” orqali kamida 10 nafar foydalanuvchiga sotgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u xaridorlarga texnik ko‘mak ham ko‘rsatib, dasturlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha maslahatlar berib kelgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu zararli dasturlar orqali boshqalarning Telegram akkauntlariga ruxsatsiz kirish, telefonlardagi SMS xabarlarni o‘qish va to‘lov tizimlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan.

 

Shuningdek, gumonlanuvchi Telegram'dagi 5 dan ortiq guruh va kanallarga administratorlik qilib, ularda muntazam ravishda mazkur dasturlarning imkoniyatlari haqida post joylab borgan.

 

Tezkor tadbir davomida undan Asus ExpertBook rusumli noutbuk, Redmi Note 10 Pro telefoni, qattiq disk hamda bank plastik kartalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.