Sport

Husanov aprel oyida “Siti”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmadi

Muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra, ushbu sovrin jamoa himoyachisi Niko O‘Rayliga nasib etdi.

Husanov aprel oyida “Siti”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmadi

“Manchester Siti” klubi aprel oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchini e’lon qildi. Muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra, ushbu sovrin jamoa himoyachisi Niko O‘Rayliga nasib etdi.

 

Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 21 yoshli futbolchi ushbu nominatsiya uchun kurashda o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov va portugaliyalik Bernardo Silvani ortda qoldirdi. Bu — O‘Raylining so‘nggi uch oy ichida ikkinchi bor oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilishi bo‘ldi. U avval ham fevral oyida ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan edi.

 

Klub xabarida ta’kidlanishicha, futbolchi aprel oyida namoyon etgan yuqori texnik mahorat, energiya va taktik moslashuvchanlik jamoa bosh murabbiyi Pep Guardiola qo‘l ostidagi jamoaning muvaffaqiyatiga salmoqli hissa qo‘shgan. Jamoa ushbu davrda Angliya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasidagi barcha beshta uchrashuvda g‘alaba qozongan.

 

Shuningdek, O‘Rayli gol urishda ham o‘zini ko‘rsatdi. U “Chelsi”ga qarshi safar uchrashuvida (3:0) hisobni ochgan gol muallifi bo‘ldi.

 

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov bundan avval 2025-yil fevral, 2026-yil yanvar va mart oylarida “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.