Jinoyat

Sirdaryoda shar’iy erining xotini va bolasini o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi

Ayol qasddan odam o‘ldirishda ayblanib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Sirdaryoda shar’iy erining xotini va bolasini o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida ayol norasmiy nikohdagi erining xotinini va 2 nafar qizini pichoqlagani, oqibatda ayol va 5 yoshli qizi vafot etgani xabar qilingandi.

 

Mazkur vaziyat yuzasidan Oliy sud axborot xizmati rasmiy axborot berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin tuman sudida Shirin shahar prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi N. X. (ayol, 1997-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.

 

Sudning 2026-yil 30-apreldagi ajrimi bilan iltimosnoma qanoatlantirilib, ayblanuvchi N. X. qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"