Jahon

AQSh G‘azodagi insonparvarlik missiyasini yopadi

Qaror Trampning mintaqaviy tinchlik tashabbusidagi muvaffaqiyatsizliklar fonida qabul qilingan.

AQSh G‘azodagi insonparvarlik missiyasini yopadi

 

Qo‘shma Shtatlar Isroilda joylashgan Fuqarolik-harbiy muvofiqlashtirish markazi (CMCC) faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur markaz Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulhni monitoring qilish hamda G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan.

 

Bu haqda Reuters axborot agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qaror AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha tinchlik tashabbusi doirasidagi jarayonlar murakkablashgani fonida qabul qilingan. Sulh kelishuviga qaramay Isroil tomonidan harbiy harakatlarning davom etishi hamda HAMAS tomonidan qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvlarning bajarilmagani vaziyatni murakkablashtirgani qayd etilgan.

 

Rejaga muvofiq, CMCC funksiyalari AQSh boshchiligidagi Xalqaro barqarorlashtirish guruhi tarkibiga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, amerikalik harbiy xizmatchilar soni 190 nafardan 40 nafargacha qisqartiriladi, ularning o‘rnini esa boshqa davlatlardan kelgan fuqarolik mutaxassislari egallashi rejalashtirilmoqda. Markazning nomi Xalqaro G‘azoni qo‘llab-quvvatlash markazi sifatida o‘zgartirilishi ehtimoli ham qayd etilgan.

 

Diplomatik manbalar qayta tashkil etish jarayoni mavjud vaziyatga sezilarli o‘zgarish kiritishi borasida shubha bildirmoqda.

 

Shuningdek, G‘azoda sulh kuchga kirganidan beri G'azoda 800 dan ortiq falastinliklar va to'rt nafar Isroil askari halok bo'lgan, 2 million aholi esa ommaviy ravishda ko‘chishga majbur bo‘layotgani ta’kidlangan.

 

Avvalroq The Guardian nashri manbalarga tayanib , Donald Tramp ma'muriyati G'azo sektorining janubida taxminan 140 gektar maydonni egallagan harbiy baza qurishni rejalashtirayotgani va bu baza Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari (ISF) uchun operatsiyalar markazi bo'lib xizmat qilishini xabar qilgan edi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"