Jahon

AQSh Kubaga nisbatan kuch ishlatish ehtimolini muhokama qilmoqda — Politico

Biroq hozircha asosiy e’tibor diplomatik bosimga qaratilgan.

AQSh Kubaga nisbatan kuch ishlatish ehtimolini muhokama qilmoqda — Politico

 

Politico nashrining xabar berishicha, Tramp ma’muriyati Kuba hukumatiga nisbatan kuch ishlatish ehtimolini muhokama qilmoqda, biroq hozircha asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida diplomatik bosim saqlanib qolmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Oq uy ichida “kinetik kuch” — ya’ni harbiy usullarni qo‘llash varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Shunga qaramay, AQSh ma’muriyati Kuba hukumatini iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishda yon berishga undash, jumladan davlat korxonalarini xususiylashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda internet infratuzilmasini kengaytirish kabi diplomatik mexanizmlarga ahamiyat bermoqda.

 

Nashrga ko‘ra, Kubaga nisbatan siyosiy bosimda Florida shtatidagi kubalik-amerikalik diaspora ham muhim rol o‘ynamoqda. Ular Tramp ma’muriyatiga Kuba kommunistik tizimiga nisbatan keskinroq choralar ko‘rish bo‘yicha bosim o‘tkazib kelmoqda.

 

Shu bilan birga, AQSh rasmiylari hozirgi siyosiy yondashuvni “bosim va diplomatiya uyg‘unligi” sifatida baholamoqda va vaziyatning rivojlanishi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ta’kidlashmoqda.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.