O'zbekiston

Boysunda sel oqibatida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Hodisa 2026-yil 2-may kuni xandaq buzilishi oqibatida yuz bergan.

Boysunda sel oqibatida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Boysun tumanida kuchli sel oqibatida neft aralash suyuqlik oqib chiqishi qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2026-yil 2-mayda, tonggi soat 06:30 atrofida yuz bergan. Kuchli sel oqimi xandaqni buzib yuborgan, natijada neft aralash suyuqlik tashqariga sizib chiqqan.

 

Hozirda voqea joyida Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasining Ekopolitsiya xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, hodisa sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini baholash yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

 

Avval ham Boysun tumanida neft aralash suyuqlikning daryoga oqib ketgani oqibatida tabiatga 8,5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum qilingandi.

 

Hodisaga 23-aprel kuni hududda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar sabab bo‘lgan. Oqibatda taxminan 1,2 tonna neft mahsulotlari aralash suyuqlik Xongaronsoyga oqib ketgan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.