O'zbekiston

Chirchiqda yuk vagoni ustiga chiqqan ikki nafar o‘quvchini tok urdi

Bolalar og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Chirchiqda yuk vagoni ustiga chiqqan ikki nafar o‘quvchini tok urdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yuk vagoni ustiga chiqqan ikki nafar voyaga yetmagan maktab o'quvchisi tok urishi oqibatida og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 27-aprel kuni Chirchiq temir yo‘l bekatining Nurhayot—Qodiriya yo‘nalishida to‘xtab turgan yuk vagonlari ustiga chiqqan 2011 va 2014-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilar yuqori kuchlanishli elektr toki ta’siriga tushgan.

 

Hodisadan so‘ng jabrlanuvchilar zudlik bilan tez tibbiy yordam orqali Toshkent shahridagi 16-sonli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Tibbiy xulosaga ko‘ra, ularga tana yuzasining 25–30 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish jarohatlari tashxisi qo‘yilgan. Hozirda bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir deb baholanmoqda va zarur muolajalar davom ettirilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avval ham Chirchiq shahrida 17 yoshli o‘smirni poyezd vagoni ustida tok urib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Hodisada yigit tanasining qariyb 80–85 foizi kuygan. 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.