Jahon

Eron AQSH bilan muzokara o‘tkazishga tayyor — WSJ

Tehron Vashingtonga AQSH bilan ziddiyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yangi taklif yuborgan. Donald Tramp taklif ma'qul kelmaganini aytdi.

Eron AQSH bilan muzokara o‘tkazishga tayyor — WSJ

Eron AQSH bilan ziddiyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yangi tashabbus bilan chiqdi. Tehron vositachilar orqali Vashington uning so‘nggi taklifini muhokama qilishga rozi bo‘lsa, kelasi hafta boshida Pokistonda muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda The Wall Street Journal’ga tayanib Apa.az xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Eron avvalgi taklifida AQSH hujumlarni to‘xtatib, Eron portlariga qo‘yilgan blokadani bekor qilsa, Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Tehron AQSH sanksiyalarini yumshatish evaziga o‘z yadro dasturiga oid masalalarni ham muzokara qilishni taklif qilgan.

 

The Guardian nashrining yozishicha, Eron payshanba kuni kechqurun yangi taklifni Pokiston orqali Vashingtonga yetkazgan, biroq uning mazmuni hozircha oshkor etilmagan. AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu taklifdan “qoniqmaganini” bildirib, muzokaralar kutilgan natijani bermayotganini ta’kidladi.

 

“Hozir muzokaralar ketyapti, lekin ular natija bermayapti. Tanlov — yo ularni butunlay yo‘q qilish, yo kelishuvga erishish”, dedi u jurnalistlarga.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni “rozi bo‘lish mumkin bo‘lmagan talablar”ni ilgari surmoqda.

 

Vashingtonda esa Tramp urush vakolatlari to‘g‘risidagi qonunda belgilangan muddatni rad etib, Eron bilan erishilgan sulh amalda 60 kunlik hisobni “to‘xtatib qo‘yganini” iddao qildi. Bu talqin ko‘plab huquqshunoslar tomonidan bahsli deb baholanmoqda.

 

So‘nggi kunlarda Pokistonning roli bevosita muzokaralardan ko‘ra vositachilik — ikki tomon o‘rtasida xabar almashishni ta’minlashga ko‘chgan. Islomobod rasmiylari kelishuvga erishish imkoniyati saqlanib qolayotganini bildirayotgan bo‘lsa-da, tomonlar pozitsiyasidagi keskin farqlar jarayonni murakkablashtirmoqda.

 

Pokiston rasmiylari urush nafaqat mintaqaviy xavfsizlik, balki global iqtisodiyot va millionlab insonlar turmushiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etmoqda. Xususan, mamlakatning energiya importi xarajatlari keskin oshgan.

 

Diplomatik manbalarga ko‘ra, asosiy tortishuv nuqtalari Eronning yadro dasturi bilan bog‘liq. AQSH Tehrondan yadro quroli ishlab chiqmaslik bo‘yicha qat’iy majburiyat talab qilmoqda, Eron esa sanksiyalarni yumshatish evaziga cheklovlarni muhokama qilishga tayyor.

 

Muzokaralar taqdiri ko‘p jihatdan tomonlar Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat va yadro masalasi bo‘yicha murosaga erisha olishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Hozircha esa har ikki tomon o‘z pozitsiyasini keskin saqlab qolmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.