Jahon

Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Nargis Mohammadi Eron qamoqxonasidan shifoxonaga yotqizildi

Inson huquqlari faoli hushidan ketish holatlaridan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan, oilasi Tehronga ko‘chirishni talab qilmoqda.

Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Nargis Mohammadi Eron qamoqxonasidan shifoxonaga yotqizildi

 

Eronning Zanjon shahridagi qamoqxonada jazoni o‘tayotgan Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, inson huquqlari faoli Nargis Mohammadi sog‘lig‘ining keskin yomonlashishi tufayli shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda uning oilasi tomonidan tashkil etilgan Nargis Mohammadi jamg‘armasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 54 yoshli huquq himoyachisi bir necha bor hushidan ketish holatlarini boshdan kechirgan, shuningdek, yurak faoliyatida jiddiy buzilishlar qayd etilgan. Qamoqxona shifokorlari uning holatini muassasa sharoitida davolash imkoni yo‘qligini bildirganidan so‘ng, u mahalliy shifoxonaga o‘tkazilgan.

 

Tashkilot bayonotida ta’kidlanishicha, Mohammadi 140 kundan ortiq vaqt davomida zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan mahrum bo‘lgan. Uning oilasi esa uni Tehrondagi ixtisoslashgan shifoxonaga ko‘chirishni talab qilmoqda.

 

Shifokorlar dastlab uning qon bosimi keskin oshgani, vena ichiga dori yuborish va qo‘shimcha muolajalar talab etilgani haqida ma’lum qilgan. Biroq uning ahvoli yomonlashgani sababli keyinchalik favqulodda kasalxonaga yotqizish qarori qabul qilingan.

 

Hozirda Nargis Mohammadi reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda, uning holati shifokorlar nazoratida qolmoqda.

 

Mohammadi avvalroq bir necha bor qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lib, u inson huquqlari, xususan, Eron qamoqxonalaridagi sharoitlar va ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati bilan tanilgan.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.