Jinoyat

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

U MCHJ egasidan boshqa bir shaxsga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortish evaziga pul talab qilgan.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahrida profilaktika inspektori ishtirokidagi noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori 1995 yilda tug‘ilgan fuqarodan noqonuniy ravishda 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor 2025-yilning dekabr oyida mazkur fuqaroga tegishli MCHJ hujjatlarini soxtalashtirish orqali IT-xizmati ko‘rsatish evaziga firibgarlik yo‘li bilan chet el fuqarosidan 450 ming AQSH dollari olgan 1990 yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortishni va’da berib, ushbu pul mablag‘ini talab qilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida joriy yilning fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan MCHJ bilan bog‘liq firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingani aniqlangan.

 

Hozirda katta inspektorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"