O'zbekiston

Daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni maqsad qilganmiz — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish rejalashtirilmoqda.

Daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni maqsad qilganmiz — Shavkat Mirziyoyev

Global beqarorlik sharoitiga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra 8,7 foizlik o‘sishga erishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan islohotlarda aholining turmush darajasini oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda 8,5 million ehtiyojmand aholining daromadlari oshirilib, kambag‘allik darajasi taxminan 35 foizdan 5,8 foizgacha qisqartirilgan.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston so‘nggi o‘n yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy o‘zgarishlarga erishgan beshta davlat qatoriga kirgan.

 

Shuningdek, 2030-yilga qadar barcha sohalarni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish rejalashtirilmoqda. Bu orqali mamlakatni daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga qo‘shish va kambag‘allikka to‘liq barham berish maqsad qilingan.

 

“Natijada daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni hamda kambag‘allikka to‘liq barham berishni maqsad qilganmiz”, — dedi Prezident.

 

Davlat rahbari, shuningdek, yaqin kunlarda 13 ta yirik strategik korxona aktivlarini o‘z ichiga olgan “Milliy investitsiya jamg‘armasi”ning 30 foiz ulushi xalqaro fond bozoriga chiqarilishini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qadam mamlakatning investitsiya muhitiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.