Jinoyat

Nukusda sobiq boshlig‘ini shantaj qilib, 200 ming dollar olmoqchi bo‘lgan xodim ushlandi

U avval o‘zi ishlagan jamiyatning obro‘sini tushiruvchi ma’lumotlar borligini aytib, ularni tarqatmaslik evaziga fuqarodan pul talab qilgan.

Nukusda sobiq boshlig‘ini shantaj qilib, 200 ming dollar olmoqchi bo‘lgan xodim ushlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tovlamachilik yo‘li bilan sobiq rahbaridan 200 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1980-yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyatning Nukus shahridagi filialida o‘tgan yilning noyabr oyidan 2026-yilning fevral oyigacha operator sifatida ishlagan S ismli shaxsning unga internet orqali xat yozib, ushbu jamiyatning obro‘sini tushiruvchi ma’lumotlar borligini aytib, qo‘rqitayotganini bildirgan.

 

Har xil gaplar bilan bosim o‘tkazgan mazkur S ismli Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro 200 ming dollar bermasa, ushbu ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalariga tarqatib yuborishini aytgan.

 

Mazkur fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlangan. Amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida S ismli fuqaro Nukus shahridagi mehmonxonalardan birida ariza egasidan 200 ming dollarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"