O'zbekiston

O‘zbekiston OTBning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

O‘zbekiston OTBning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shiladi

O‘zbekiston OTBning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o'tkazilayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashida ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, bugun raqamli texnologiya va sun’iy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda. Jahon savdo tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2040-yilga borib, sun’iy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qo‘shimcha 40 foizga oshadi.

 

Xususan, O‘zbekistonda ham axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishildi. Innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sun’iy intellekt xabini tashkil qilish boshlandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalari ustida ishlanmoqda.

 

Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sun’iy intellekt laboratoriyalarini ko‘paytirish, “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash bo‘yicha dasturlar amalga oshirilmoqda.

 

“Bu yo‘nalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman”, — dedi Prezident.

 

Ta’lim, tibbiyot, suv xo‘jaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ham ochiq sun’iy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.

 

Buning uchun Prezident Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sun’iy intellekt ko‘lamini oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etdi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shilishini ma’lum qildi hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.