O'zbekiston

Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Unga nisbatan vizasiz yashagani uchun belgilangan 8400 dollar miqdordagi jarima ham bekor qilindi.

Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Pokiston hududida uzoq yillar davomida noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi diplomatlar ko‘magida vatanga qaytarildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayol joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan. Suhbat davomida u 2005-yildan buyon Pokistonda vizasiz yashab kelayotgani va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgani aniqlangan.

 

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 2005-yilda Pokiston fuqarosi bilan turmush qurish maqsadida ushbu mamlakatga kelgan. Shu yilning o‘zida turmush o‘rtog‘i yo‘l-transport hodisasiga uchrab, nogiron bo‘lib qolgan. Shundan buyon u turmush o‘rtog‘ini parvarishlab kelgan. Hozirgi kunda erining salomatligi nisbatan yaxshilangan bo‘lsa-da, nogironlik holati qisman saqlanib qolgan. Oilaning ijtimoiy va moliyaviy ahvoli esa og‘irligicha qolmoqda.

 

O‘rganishlar natijasida fuqaroning moliyaviy imkoniyatlari cheklangani, u faqat kundalik ehtiyojlarni qoplash imkoniga ega ekani ma’lum bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng elchixona tomonidan uning shaxsi va fuqaroligi tasdiqlanib, O‘zbekistonga qaytish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirildi. Pokiston Ichki ishlar vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 21 yil davomida vizasiz yashagani uchun belgilangan 8400 AQSH dollari miqdoridagi jarima bekor qilindi va mamlakatni tark etishga ruxsat berildi.

 

Shuningdek, diplomatik missiya ko‘magida fuqaro uchun aviachipta xarid qilinib, u 2-may kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining “Islomobod–Toshkent” reysi orqali vatanga qaytarildi.

custom img

Bloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi

Bloger tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

custom img

Jizzaxda Onix va Volkswagen to‘qnashuvida ikki haydovchi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Onix haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

custom img

Yangiyo‘lda kredit qarzi sabab uy xatlanib, auksionda sotildi

Turarjoy 250 mln so‘mga baholangan xolda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilib, 230 mln so‘mga sotilgan

custom img

Toshkentda Telegramdagi narkodo‘konning ikki “omborchisi” ushlandi

Ularning yashash manzillaridan 2 kilogramm gashish yog‘i, marixuana va gashish aniqlandi.

custom img

Temuriylar davriga oid 50 ta tarixiy ashyo 3D formatda raqamlashtiriladi

Rossiya, Buyuk Britaniya va Turkiyadagi tarixiy ashyolarning 3D modeli, animatsiyasi va o‘zbek tilidagi ilmiy tavsifi tayyorlanadi.

custom img

Namanganda sobiq bank rahbari 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan jami 29 ming dollar talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"