Jinoyat

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

U o‘zboshimchalik bilan qurilgan va buzilishi belgilangan binoning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘iston tumanlaridan birida faoliyat yuritgan Kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha,  mazkur mansabdor shaxs 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 m² yer maydonida qurilgan, lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2024-yildagi hal qiluv qaroriga asosan majburan buzilishi belgilangan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

 

U o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

 

Hozirda kadastr rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"